Rossiya kassetali o‘q-dorilardan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi – Putin
Olam
−
16 iyul 2023
12482Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kassetali o‘q-dorilardan mamlakat foydalanish huquqini o‘zida saqlab qolishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda u “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Rossiyada har xil turdagi kassetali o‘q-dorilarning yetarli zaxirasi mavjud. Shu paytgacha biz buni qilmaganmiz, qo‘llaganimiz ham yo‘q va bizda bunday ehtiyoj ham bo‘lmagan. Ma’lum bir davrda ma’lum bo‘lgan taqchillikka qaramay, o‘q-dorilarimiz ham bor, lekin biz buni qilmaganmiz”, deydi davlat rahbari.
Prezident Rossiyaga qarshi kassetali o‘q-dorilarni qo‘llashda harakatlarni aks ettirish huquqini o‘zida saqlab qolishini ta’kidlagan.
Shuningdek, u Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish va ulardan foydalanish jinoyat hisoblanishi kerakligini aytgan.
“Kassetli o‘q-dorilarga kelsak, bu o‘q-dorilarga bahoni AQSH ma’muriyatining o‘zi xodimlarining og‘zi orqali bir muddat avval, kassetali o‘qlardan foydalanish AQSH ma’muriyatining o‘zi jinoyat deb atagan paytda bergan. Shunday ekan, menimcha, bunga shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak”, deydi Putin.
Uning fikricha, snaryadlarning umumiy taqchilligi sababli AQSH Ukrainani kassetali o‘q-dorilar bilan ta’minlamoqda.
“Ular Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishni yaxshi hayot kechirgani uchun emas, balki ularda umuman o‘q-dorilar taqchilligi uchun qilyapti”, deydi Rossiya Prezidenti.
Ma’lumot o‘rnida, kassetali o‘q-dorilar turli maqsadlar uchun (tankga, piyodalarga va boshqalarga qarshi) ko‘p miqdorda portlovchi o‘q-dorilar bilan yuklangan zaryadlar bo‘lib, ular bombalar, artilleriya snaryadlari va raketa kallaklari ko‘rinishida ko‘plab mamlakatlar armiyalarida ishlatiladi. 2010 yil 1 avgustda kassetali o‘q-dorilar to‘g‘risidagi konvensiya kuchga kirgan, uni 123 davlat imzolagan, shulardan 110 tasi ratifikatsiya qilgan. Mazkur konvensiya bilan davlatlar hech qachon, hech qanday sharoitda bunday o‘q-dorilarni ishlab chiqarmaslik, foydalanmaslik va hech kimga bermaslikka va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyul kuni AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga kassetali o‘q-dorilarni o‘tkazishga qaror qilganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Kiyev Vashingtonga tinch aholiga minimal tahdid bilan Amerika kassetali o‘q-dorilarini qo‘llash bo‘yicha yozma kafolatlar berganini ta’kidlagan. Biroq Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQSHning bu qaroriga qarshi chiqdi.
Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Jo Bayden 8 iyul kuni kassetali snaryadlarni yetkazib berish qarorini Ukrainada o‘q-dorilar tugab borayotgani va Qo‘shma Shtatlarda ularning zahiralari tezda to‘ldirish uchun yetarli emasligi bilan izohlagan.
AQSH Mudofaa vazirligi esa Ukraina allaqachon Vashingtondan kassetali o‘q-dorilar olganini tasdiqlagan.
LiveBarchasi