Rossiya Donetskdagi yana bir aholi punktini egalladi – Mudofaa vazirligi

Olam

image

Ukrainaning Donetsk viloyatining Pavlovka aholi punkti qattiq janglar natijasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallangani e’lon qilindi. Bu haqda bugun, 14 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Joriy yilning 14 noyabr kuni Rossiya qo‘shinlarining qat’iyatli janglari natijasida DXRning Pavlovka aholi punkti to‘liq nazoratga olindi”, deyiladi harbiy departamentda xabarida.

Shuningdek, vazirlik Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya qo‘shinlarining tan olinmagan Lugansk xalq respublikasining Chervonopopovka qishlog‘i yo‘nalishidagi pozitsiyalariga muvaffaqiyatsiz hujumga urinishlari natijasida 90 ga yaqin askarini yo‘qotganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi arafasida rossiyalik qo‘shinlarning muvaffaqiyatli hujum operatsiyalari natijasida Donetsk yo‘nalishidagi Mayorsk qishlog‘i to‘liq ozod etilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing