Rossiya Dneprga zarba berdi

Olam

image

Bugun, 13 fevralga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning Dnepr shahriga Shahed dronlari va ballistik raketalar bilan zarba berdi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lum qildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar janub, sharq va shimoldan harakatlangan kamida ikkita raketa va to‘rtta uchuvchisiz samolyotlar guruhi tomonidan hujumga uchragan.

Dnepr meri Boris Filatovning bildirishicha, Rossiya Qurolli kuchlarining zarbalari fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan. “Suspilne” nashri shaharda bir nechta portlashlar sodir bo‘lganini yozdi. 

DTEK energetika kompaniyasi esa shaharni o‘qqa tutish vaqtida issiqlik elektr stansiyalaridan biri shikastlangani, oqibatda elektr energiyasi ishlab chiqarish to‘xtatilganini ma’lum qildi. 

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Otishmalar to‘xtatilgach, DTEK energetiklari oqibatlarni bartaraf etish va uskunaning ishini tiklashga kirishdi", deyiladi kompaniya xabarida.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, issiqlik elektr stansiyalari faoliyati to‘xtatilishi munosabati bilan shaharda elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo‘lgan. Shuningdek, “Dneprovodokanal” kommunal korxonasi “Levoberejniy-3” turar-joy massividagi nasos stansiyasining to‘xtab qolishi oqibatida o‘nlab uylarga suv ta’minoti to‘xtatilishi haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina havo hujumi Dnepr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing