Rossiya diplomatlarini evakuatsiya qilmoqchi. Ukrainaning esa bundan xabari yo‘q
Olam
−
18 yanvar 2022
5597Avvalroq, Ukraina xavfsizlik xizmatining yuqori martabali mulozimiga tayanib, Rossiya Ukrainadan diplomatlarni evakuatsiya qilmoqchiligi haqida xabar berilgan edi.
Ukraina TIV Matbuot kotibi Oleg Nikolenkoning ma’lum qilishicha, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi boshqa mamlakatlar elchixonalaridan o‘z xodimlarini evakuatsiya qilish niyatlari haqida hech qanday xabar olgani yo‘q.
Kiyevdagi Rossiya elchixonasi normal rejimda ishlayotgani ma’lum qilingan.
“Boshqa davlatlarning Ukrainadagi elchixonalari o‘z xodimlarini evakuatsiya qilish niyatlari haqida ma’lum qilgani yo‘q. O‘z navbatida, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasidan ukrainalik diplomatlarni evakuatsiya qilishni hali rejalashtirmayapti”, degan Nikolenko.
Unga ko‘ra, Rossiyada Ukrainaning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg va Rostov-Dondagi bosh konsulliklari, shuningdek, Yekaterinburg va Novosibirskdagi konsulliklari normal rejimda ishlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya G‘arbda Ukrainaga nisbatan o‘ziga xos tajovuzkor rejalarni inkor etmoqda. Biroq uning NATOga qo‘shilish imkoniyatini “qizil chiziqlar”dan tashqariga chiqish deb biladi hamda Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilaridan bunday bo‘lmasligi uchun kafolat talab qilmoqda.
O‘tgan haftada Rossiya G‘arb davlatlari bilan Ukraina atrofidagi vaziyat va Yevropa xavfsizligi bo‘yicha uchta muzokara o‘tkazdi. Jeneva, Bryussel va Venadagi uchrashuvlar tomonlarning NATOni kengaytirish masalasiga yondashuvlaridagi farqni tasdiqladi va aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarsiz yakunlandi.
LiveBarchasi