Rossiya dengizda ham hukmronlik qilmoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat Harbiy-dengiz floti (VMF)ni 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasini rasman tasdiqladi. Bu haqda Prezident yordamchisi va Rossiya Dengiz kollegiyasi rahbari Nikolay Patrushev “Argumenti i fakti” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, strategiyani ishlab chiqish qarori 2024 yilning iyul oyida qabul qilingan. Prezident topshirig‘iga binoan dastlabki hujjat Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan, so‘ng federal idoralar hamda tashkilotlar takliflarini inobatga olgan holda Dengiz kollegiyasi tomonidan takomillashtirilgan. Yakuniy tahrir joriy yilning 30 may kuni Putinga taqdim etilib, u tomonidan tasdiqlangan.

Strategiyada global harbiy-siyosiy vaziyat tahlili, qurolli to‘qnashuvlar yuzaga kelish ehtimoli va ularning xarakteri, yetakchi dengiz davlatlarining harbiy salohiyati ko‘rib chiqilgan. Hujjatda shuningdek, Rossiya Harbiy-dengiz floti hozirgi holati baholangan.

“Tafsilotlarga kirmagan holda aytishim mumkinki, bu kabi strategik rejalashtirish hujjati Rossiya zamonaviy tarixida birinchi marta qabul qilinmoqda. Rossiya dunyoning eng yirik dengiz davlatlaridan biri sifatidagi mavqeini asta-sekin tiklamoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Harbiy-dengiz floti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing