Rossiya Buxorodan ikki qishloq xo‘jalik mahsuloti importini taqiqladi
Jamiyat
−
14 iyul 2021
9625Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) O‘zbekistonning Buxoro viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir import qilishga cheklov o‘rnatdi. Bu haqda Rosselxoznadzor saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ertaga, 15 iyuldan boshlab Buxoro viloyatidan Rossiyaga yetkazib beriladigan pomidor va qalampirga vaqtinchalik cheklovlar joriy qilinmoqda.
Bunga sabab, Buxorodan yetkazib berilayotgan pomidorlarda jigarrang tusli virus (Tomato brown fruit virus) (ToBRFV) aniqlangani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ma’lum qilinishicha, cheklovlar 21.07.2014 da qabul qilingan “O‘simliklar karantini” to‘g‘risidagi VII Xalqaro o‘simliklar karatini va muhofaza qilish Konvensiyasi hamda 206-FZ Federal Qonuni asosida joriy etiladi.
Qayd etilishicha, 15 iyulgacha bo‘lgan vaqtda jo‘natilagn partiyalarga faqatgina fitosanitariya tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng Rossiya hududiga olib kirishga ruxsat beriladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 7 iyulidan boshlab pomidor mahsulotlarining jigarrang tusli virusi Rossiya va Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqidagi davlatlari uchun karantin ob’ektlari ro‘yxatga kiritildi.
Ushbu kasallik hosilning 70-80 foizga kamayishiga olib keladi, ayrim hollarda issiqxonada hosilning to‘liq yo‘qolishiga olib keladi. Virus meva, urug‘ va ko‘chatlar orqali tarqaladi.
LiveBarchasi