Rossiya Bosh prokurori O‘zbekistonga keldi (video)

Jamiyat

image

Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya nazorat agentligi rahbarining tashrifi uning hamkasbi, O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifiga binoan bo‘lib o‘tmoqda.

Rossiya prokuraturasi xabariga ko‘ra, Toshkentda prokuratura organlari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qiladi, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha keyingi qo‘shma qarorlarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashadi.

Igor Krasnovni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rahbariyati kutib olgan.

Rossiya va O‘zbekiston prokuraturalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bundan 10 yil avval Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining 12-yig‘ilishi doirasida Rossiya va O‘zbekiston Bosh prokuraturalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan keyin boshlangan. Ikki davlat nazorat idoralari rahbarlari turli platformalarda ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama formatda muntazam uchrashib turadi. Krasnovning 2021 yil sentyabr oyida Toshkentga tashrifi chog‘ida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolangan edi.

Idoralararo Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi hujjat 2024 yil aprel oyida Moskva shahrida prokuratura organlari rahbarlari tomonidan tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov Pxenyanga borgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Igor' Krasnov Rossiya Bosh prokurori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing