Shavkat Mirziyoyev Rossiya Bosh prokurorini qabul qildi
Jamiyat
−
18:56
1957Bugun, 21 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilingan.
“Mamlakatlarimiz prokuratura idoralari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqa va almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga kelgani xabar qilingandi. Rossiya prokuraturasi xabariga ko‘ra, Toshkentda prokuratura organlari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilgan, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha keyingi qo‘shma qarorlarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashgan.
LiveBarchasi