Rossiya BMTni “shantaj” qilyapti

Olam

image

Ukrainada uchuvchisiz samolyotlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilsa, Rossiya BMT kotibiyati bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya kecha, 26 oktyabr kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Biz hamkorlikni uzish bilan tahdid qilyapmiz, demagan bo‘lardim. Lekin biz, albatta, kotibiyatning qonuniy xavotirlarimizga javobini hisobga olgan holda hamkorligimizni ko‘rib chiqamiz”, deydi Nebenzya tegishli savolga javob berarkan.

Ukraina va G‘arb davlatlari Eronni Rossiyaga Ukrainada foydalanish uchun uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berishda ayblamoqda, bu Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini tasdiqlagan 2231-rezolyutsiyani buzish hisoblanadi. Ular dronlarning kelib chiqishini o‘rganish uchun Ukrainaga BMT missiyasini yuborishni so‘ramoqda. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy avvalroq BMTning bunday tekshiruvlar o‘tkazish vakolati yo‘qligini, agar u buni o‘z zimmasiga olsa, Rossiya BMT kotibiyati bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya BMT

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing