Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida Suriya masalasida o‘zi istagan qarorga erishdi
Olam
−
12 iyul 2022
10216BMT Xavfsizlik Kengashining barcha 15 a’zosi Turkiya bilan chegara orqali Suriyaga transchegaraviy gumanitar yordam (TGYO) mexanizmini yana olti oyga uzaytirishga kelishib oldi.
Davlatlar Turkiyani Suriyaning Idlibi bilan bog‘lovchi “Bob al-Hava” nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini uzaytirishga kelishib oldi. 8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining so‘nggi yig‘ilishida Rossiya nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini bir yilga uzaytirish bo‘yicha taklif qilingan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamagan va uni olti oy bilan cheklashni taklif qilgandi.
Rossiya tomonidan rad etilgan Irlandiya va Norvegiya tayyorlagan taklif olti oydan so‘ng – 2023 yil 10 yanvardan keyin nazorat-o‘tkazish punkti faoliyati avtomatik ravishda yana olti oyga uzaytirilishini nazarda tutgan. Rossiya ikkinchi qismga rozi bo‘lmadi va olti oydan keyin tegishli rezolyutsiyani qabul qilishni talab qildi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozir Xavfsizlik Kengashi “deyarli Rossiya loyihasini qabul qilgan”.
Avvalgi rezolyutsiya, Moskvaga ko‘ra, Damashq manfaatlariga javob bermagan. Transchegaraviy gumanitar yordam mexanizmi BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 2014 yilda, Suriyaning katta qismi hali rasmiy Damashq nazorati ostida bo‘lmagan vaqtda kelishilgan edi.
2020 yilgacha Turkiya, Iroq va Iordaniya bilan chegaralarda to‘rtta chegara posti ishlagan. Suriya armiyasi mamlakat hududi ustidan nazorat o‘rnatar ekan, Rossiya veto huquqidan foydalanib, uchta nazorat-o‘tkazish punktini yopishga erishdi.
LiveBarchasi