Rossiya bir sutkada qariyb 2 ming harbiy xizmatchisini yo‘qotdi
Olam
−
13:01 2915 2 daqiqa
Bugun, 17 sentyabr kuni Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga qarshi urushdagi jangovor yo‘qotishlari 1 million 513 ming 490 nafarga yetdi. So‘nggi bir sutkada esa Rossiya 1 960 nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga tayanib “Ukrinform” xabar berdi.
Qayd etilishicha, urush boshlanganidan buyon Rossiya qo‘shinlari 12 346 ta tank, 25 345 ta zirhli jangovor mashina, 49 863 ta artilleriya tizimi, 2 139 ta ko‘p martalik raketa tizimi, 1 645 ta havo hujumidan mudofaa tizimi va 442 ta samolyotini yo‘qotgan.
Shuningdek, Rossiya tomonining yo‘qotishlari qatorida 356 ta vertolyot, 2 644 ta quruqlikdagi robotlashtirilgan tizim, 520 508 ta tezkor-taktik uchuvchisiz uchish apparati, 5 111 ta qanotli raketa, 35 ta harbiy kema va kater hamda 2 ta suvosti kemasi bor.
Bundan tashqari, 150 018 ta transport vositasi va yonilg‘i sisternasi hamda 4 697 ta maxsus texnika yo‘q qilingan.
So‘nggi bir sutkada Rossiya 1 ta tank, 6 ta zirhli jangovor mashina, 43 ta artilleriya tizimi, 7 ta ko‘p martalik raketa tizimi, 3 ta havo hujumidan mudofaa tizimi, 14 ta quruqlikdagi robotlashtirilgan tizim, 1 439 ta uchuvchisiz uchish apparati, 461 ta transport vositasi va yonilg‘i sisternasi hamda 5 ta maxsus texnikasini yo‘qotgan.
Ukraina Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyotlar, vertolyotlar, qanotli raketalar, harbiy kemalar, suvosti kemalari bo‘yicha so‘nggi bir sutkada yangi yo‘qotish qayd etilmagan.
“Ukrinform” xabariga ko‘ra, Ukraina Mudofaa kuchlari vaqtincha bosib olingan Qrimdagi Saki aviabazasida Rossiyaning Su-24 samolyotini ham urib nishonga olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi har oylik yo‘qotishlari yangi yollanganlar sonidan taxminan 6 ming kishiga ko‘proq yo‘qotishlarni tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr