Rossiya bilan urushda qancha ukrainalik askar halok bo‘lgani aytildi

Olam

image

AQSH rasmiylari Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya bilan urushda yo‘qotishlarini taxminan 190 ming askarga baholamoqda. Bu haqda Britaniyaning “The Economist” jurnali xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, urushda kamida 70 ming ukrainalik askar halok bo‘lgan, 120 mingga yaqin kishi jarohatlangan.

Nashr bu ma’lumotlarni qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan.

Boshqa yo‘qotishlar qatorida, Ukrainada 4,8 millionga yaqin odam Rossiya hujumidan so‘ng ishsiz qolgan.

2023 yil oktyabr oyida mamlakatdagi ishsizlik darajasi 2022 yil bahoridagi 30 foizdan 18,4 foizga tushdi, biroq urushdan oldingi darajadan sezilarli yuqoriligicha qolmoqda, deb yozgan “The Economist”.

Bir tadqiqotga ko‘ra, ukrainalik ishchilarning 17 foizi urush boshlanganidan beri o‘z kasbini o‘zgartirgan. Yuz minglab odamlar armiya safiga qo‘shilgan.

Shuningdek, ishlab chiqarish, qurilish va tog‘-kon sanoatida ko‘proq xotin-qizlarning ish boshlagani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing