Rossiya bilan rublda savdo qilish O‘zbekiston uchun xavf tug‘diradimi? 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi bilan rublda savdo qilish O‘zbekiston uchun katta xavf tug‘dirmaydi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Innoprom” forumida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev ma’lum qildi.  

“Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashda hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshirilsa, bu muqarrar va juda yaxshi tendensiya, deb o‘ylayman”, degan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, MDH davlatlarining valyutalari hali “juda yosh” va ularga ishonch paydo bo‘lishi uchun yetarlicha vaqt o‘tishi kerak edi. 

“Rossiya rubliga kelsak, aytishimiz mumkinki, u shunday darajaga yetdi va biz O‘zbekistonda allaqachon savdo aloqalarida rubl operatsiyalarini boshlaganmiz. Umid qilamanki, ikki tomonlama savdoda bunday hisob-kitob shakli kuchayadi. Rossiya Federatsiyasi bilan rublda savdo qilish [O‘zbekiston uchun] katta xavf tug‘dirmaydi, chunki biz eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qilamiz va bizga har doim ko‘proq rubl kerak bo‘ladi”, degan vazir o‘rinbosari. 

Vafoyev O‘zbekiston hukumati Xitoy yuanidagi operatsiyalarda ham ulushni oshirishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan. 

Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Marat Karaboyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek so‘mi ham qozoq tengesi kabi ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi transchegaraviy savdoda hozirdanoq qo‘llanilmoqda. 

Qayd etilishicha, MDH davlatlari o‘rtasidagi savdoda milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarga o‘tish vaqt talab etadi, biroq bunday operatsiyalar hozirdanoq amalga oshirilmoqda va hech qanday jiddiy muammo tug‘dirmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH rubl'

Baholaganlar

659

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing