Rossiya bilan muloqot o‘tkazishimiz kerak – Makron 

Olam

image

Fransiya tomoni Yevropa Ittifoqi va Rossiyaning AQSH kabi qurolni nazorat qilish masalasida muloqot o‘tkazishini yoqlaydi. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qilgan. 

"Bizga qurollarni nazorat qilish bo‘yicha shartnomalar va buyurtma bo‘yicha kengroq muloqot zarur", degan Makron. 

Shuningdek, u Fransiya tomoni xalqaro barqarorlik manfaatlari yo‘lida Rossiya bilan har tomonlama muloqot o‘tkazishni istashini ta’kidlagan. 

"Muloqotsiz barqarorlikni ta’minlash mumkin emas, shuning uchun bizga Rossiya bilan muloqot kerak", deya qo‘shimcha qilgan u. 

Avvalroq, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma muddatini uzaytirgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Frantsiya

Baholaganlar

106

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing