Rossiya Baydenning singlisi va ukalariga taqiq qo‘ydi

Olam

image

Rossiya 200 nafar AQSH fuqarosi, jumladan, Prezident Jo Baydenning singlisi va ikki ukasining mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda RF TIV saytida xabar berildi.

“Bayden ma’muriyati nafaqat Rossiya rasmiylariga, ishbilarmon doiralar va jamoat vakillariga, madaniyat arboblariga, balki u yoki bu sabablarga ko‘ra Vashingtonga e’tiroz bildiruvchi shaxslarga ham o‘zaro kelishuv asosida doimiy ravishda kiritilayotgan barcha yangi shaxsiy sanksiyalarga javoban 200 nafar AQSH fuqarosiga nisbatan Rossiya Federatsiyasiga kirish taqiqi joriy etildi”, deyiladi xabarda.

TIV taqiq ro‘yxatiga hukumat amaldorlari va qonunchilar, ularning yaqin qarindoshlari, harbiy-sanoat majmuasi kompaniyalari va korxonalari rahbarlari, ekspertlar va “rusofobiya kampaniyasini targ‘ib qilish va Kiyevdagi rejimni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etgan” lobbichilar kiritilganini ta’kidladi.

Endi AQSH Prezidentining singlisi Valeri Bayden Ouens, shuningdek, uning ikki ukasi Jeyms va Frensis Rossiyaga kira olmaydi.

Shuningdek, ro‘yxatda AQSH Ichki ishlar vaziri Debra Xollan, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Xaver Beserra, Qishloq xo‘jaligi vaziri Tomas Vilsak, Ta’lim vaziri Migel Kardona, Mehnat vaziri Martin Uolsh, Uy-joy va shaharsozlik vaziri Marsha Faj va Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per.

Bundan tashqari, endi AQSH Mudofaa vaziri o‘rinbosarlari Kolin Kal, Mara Karlin, Selest Uollander, Ronald Multri, shuningdek, Pentagon boshlig‘ining rafiqasi Sharlin Ostinning Rossiyaga kirishi taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-AQSh

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing