AQSH Rossiyani shartiga ko‘ndirmasa, neft bozorida “portlash” bo‘lishi aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH rasmiylarining fikricha, agar Vashington Rossiya neftining maksimal narxini belgilash bo‘yicha taklifi qabul qilinishiga erishmasa va bir vaqtning o‘zida Rossiya Federatsiyasi neftni tashish, agar uning narxi belgilangan maksimaldan yuqori bo‘lmasa sug‘urta shartnomalarini tuzishi mumkin bo‘lgan mexanizmni joriy qilmasa, jahon bozorida “qora oltin” narxi bir barrel uchun 140 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda “Reuters” kecha, 11 iyul kuni AQSH Moliya vazirligining ismi oshkor etilmagan vakiliga tayanib xabar berdi.

Vazirlik vakili AQSH Moliya vaziri Janet Yellen 12 iyul kuni Tokioda Yaponiya Moliya vaziri Syun’iti Suzuki bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegarasini joriy etish masalasini muhokama qilmoqchi ekanini eslatgan. Maqsad, AQSH rasmiysiga ko‘ra, narx chegarasini Moskvaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini moliyalashiga to‘sqinlik qiladigan, ammo ishlab chiqarishning asosiy xarajatlarini qoplaydigan darajada o‘rnatish, shunda Rossiya neft eksportidan manfaatdor bo‘lib qolishi mumkin.

Shu bilan birga, AQSH ma’muriyati rasmiysi Yaponiya hukumati narxlar chegarasini o‘ta past belgilash ehtimolidan xavotir bildirgan, biroq barreli uchun 40-60 dollar oralig‘ini rad etmaganini aytgan.

Qayd etish kerakki, Yevropa Ittifoqi va AQSH tomonidan Ukrainadagi urush ortidan Rossiya neftini sotib olishga qo‘yilgan embargo narxlarning keskin o‘sishiga olib keldi, bu Rossiya Federatsiyasiga chegirma bilan bo‘lsa-da katta hajmdagi xomashyoni boshqa bozorlarga, birinchi navbatda Hindiston va Xitoyga yo‘naltirish imkonini berdi.

bugungi kundi Brent markali neft narxi barreliga 105 dollar atrofida bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Rossiya-AQSh

Baholaganlar

888

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing