Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Istanbulda Rossiya-AQSH muzokaralari yakunlandi

Olam

image

Istanbulda Rossiya va AQSH vakillari o‘rtasidagi muzokaralar 6 soatdan ortiq davom etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi muzokaralar olib borilayotgan Amerika bosh konsuli qarorgohini izohsiz tark etgan.

“Matbuot uchun hech qanday bayonot berilmagan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Istanbulda uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da AQSHning Istanbuldagi Bosh konsulligi qarorgohida boshlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu muzokaralarning birinchi bosqichi 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgandi. Amerika va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar doirasida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov uchrashdi. Davlat kotibi Rubio bilan birga Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts va Tramp tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni qayta tiklash uchun tanlangan maxsus elchi Stiv Uitkoff ham ishtirok etgan. Lavrovga esa Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov hamrohlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Rossiya-AQSh Sergey Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing