Kreml AQSHning Rossiya neftiga qarshi yangi cheklovi amalga oshmasligiga umid qilmoqda
Olam
−
27 iyul 2022
6829Rasmiy Moskva AQSH kongressmenlarining Rossiya neftining Xitoyga yetkazib berilishiga nisbatan sanksiyalar joriy etish tashabbusi amalga oshmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.
“Adashmasam, kongressmenlardan birining qonunchilik tashabbusi bor. Umid qilamizki, bu tashabbus dastlabki bosqichda qoladi”, degan Peskov jurnalistlarga.
U AQSH tomonidan Rossiya neftini Xitoyga yetkazib berish uchun sanksiya qo‘yilish ehtimoliga Kreml qanday munosabatda ekani haqidagi savolga shu tarzda javob qaytargan.
Avvalroq AQSH Kongressining respublikachi senatorlari Marko Rubio, Rik Skott va Kevin Kramer kecha, 26 iyul kuni Rossiyadan Xitoyga neft yoki suyultirilgan gaz tashuvchi tankerlarni sug‘urta qilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazgan har qanday yuridik shaxsga nisbatan jazo choralarini ko‘radigan qonun loyihasini taqdim etgani xabar qilingandi.