Rossiya Avstriya elchisini mamlakatdan quvdi

Olam

image

Bugun, 11 aprel kuni Avstriyaning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Verner Almxofer Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga  chaqirildi va unga Rossiya elchixonasining ikki xodimi Avstriyadan chiqarib yuborilishi yuzasidan norozilik notasi berildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“11 aprel kuni Avstriyaning Moskvadagi elchisi Verner Almxofer Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga Rossiyaning Avstriyadagi elchixonasining ikki xodimi asossiz ravishda persona non grata deb e’lon qilingani yuzasidan keskin norozilik bildirildi”, deyiladi xabarda.

Rossiya TIVga ko‘ra, bu qadam Avstriya tashabbusi bilan inqirozga yuz tutayotgan ikki tomonlama munosabatlarni yanada keskinlashtirib, o‘zini betaraf davlat va xalqaro diplomatiya platformasi sifatida ko‘rsatgan Avstriya nufuziga jiddiy zarar yetkazmoqda.

Elchiga Rossiya tomoni Avstriyaning Rossiyadagi elchixonasi xodimi uchun javob chorasi sifatida persona non grata e’lon qilayotgani va u 18 aprel kun oxirigacha Rossiya hududini zudlik bilan tark etishi kerakligi to‘g‘risida nota berilgan.

“Bizning javob choralarimiz shu bilan tugamaydi”, deyiladi bayonot yakunida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Venadagi elchixonasining ikki xodimini persona non grata deb e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Avstriya Verner Al'mxofer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing