Rossiya armiyasi dunyodagi eng qudratli armiya – Putin

Olam

image

Bugungi kunda dunyoda Rossiyanikidan-da qudratliroq Qurolli Kuchlar yo‘q. Ayniqsa, hozirgi mavjud vaziyat uni yanada takomillashtirish imkonini beradi. Bu haqda bugun, 21 iyun kuni mamlakat Prezidenti Vladimir Putin oliy harbiy ta’lim muassasalarining eng yaxshi bitiruvchilari bilan bo‘lgan uchrashuvda so‘z ochdi, deya xabar berdi TASS.

“Bugun dunyoda Rossiyadagidan samaraliroq qurolli komponent mavjud deb o‘ylamayman, ammo bugungi kun talablari bizga qo‘shimcha qayerda nima qilishimiz, nimalarga e’tibor qaratishimiz, nimalarga xizmat qilishimiz kerakligini ko‘rsatib turibdi. Albatta, bu jarayon bizning harbiy komponentimiz, armiyamiz, flotimiz, davlatning butun harbiy tarkibiy qismi yaxshilanishiga olib keladi. Men bunga shubha qilmayman”, deydi Putin. 

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Rossiya yetakchisi Kremlda bitiruvchilarga murojaat qilgan. Keyinroq ular bilan suratga tushib, norasmiy suhbat qurgan.

“Biz har doim qandaydir tikanlardan o‘tib, yulduzlarimizga, Qahramonlik yulduzlariga yoki shunchaki orzuimizga yetishamiz. Sinovlarsiz, qiyinchiliksiz natija bo‘lmaydi”, degan u.

Ma’lumot uchun, Rossiya Qurolli Kuchlari askarlari soni bo‘yicha dunyoda kuchli beshtalikka kiradi. Ro‘yxat avvalini Xitoy boshlab beradi. Mamlakat Qurolli Kuchlarida 3,5 mln harbiy bor. Hindiston esa 1,5 millionlik askarlari bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. AQSH armiyasida esa 1 mln 348 400 ming zobit bor. Rossiyadan avvalgi o‘rinni esa Shimoliy Koreya egallab turibdi. Diktatura rejimidagi ushbu mamlakat armiyasida 1 million 270 ming harbiy bor.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin armiya

Baholaganlar

843

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing