Rossiya Arestovichni qidiruvga berdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasida terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan Ukraina Prezidenti devoni sobiq maslahatchisi Aleksey Arestovich jinoiy modda bo‘yicha qidiruvga berilgan. Bu ma’lumotlar Rossiya Ichki ishlar vazirligining qidiruv bazasiga joylashtirilgan. 

“Aleksey Nikolayevich Arestovich. Ukrain. Tug‘ilgan joyi: Gruziya SSR, Siteli-Skaro shahri. Jinoyat kodeksi bo‘yicha qidiruvda”, deyiladi ma’lumotlar bazasida.  

Qidiruv aynan qaysi modda bo‘yicha olib borilayotgani ko‘rsatilmagan. 

O‘tgan yilning 12 aprelida (tan olinmagan) Donetsk xalq respublikasi prokuraturasi Arestovichga qarshi ekstremistik faoliyatga chaqirish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, u telekanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda Ukraina aholisini ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanishga va o‘ta og‘ir jinoyatlar – siyosiy va milliy adovat asosidagi qotilliklarni sodir etishga chaqirgan. Belarusda Arestovichga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Arestovich 2023 yil 14 yanvarda Dnepr shahridagi uyning bir qismi qulashi va odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan Ukraina havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan raketa haqidagi so‘zlari ortidan Ukraina Prezidenti devonining mustaqil maslahatchisi lavozimidan iste’foga chiqdi. 16 yanvar kuni Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko Arestovichni ishdan bo‘shatish uchun imzo to‘plash boshlanganini e’lon qildi. 17 yanvar kuni Ukraina Prezidenti devoni Arestovichning iste’foga chiqish haqidagi iltimosini qondirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Aleksey Arestovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing