Rossiya AQSHni Uchinchi jahon urushi xavfidan ogohlantirdi
Olam
−
28 avgust
19673Moskva G‘arbga o‘z raketalari bilan Ukrainaning Rossiyaga zarba berishiga imkon berib, olov bilan o‘ynashganini aytdi va Qo‘shma Shtatlarni Uchinchi jahon urushi Yevropa bilan chegaralanib qolmasligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda kecha, 27 avgust kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so‘z ochdi.
Uning aytishicha, G‘arb Ukraina urushini kuchaytirishga intilmoqda va Kiyevning xorijdan yetkazib berilgan qurollardan foydalanishga cheklovni yumshatish bo‘yicha so‘rovlarini ko‘rib chiqib, muammolarini so‘ramoqda.
Qayd etish joizki, 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirganidan beri Prezident Vladimir Putin dunyoning eng yirik yadroviy kuchlari ishtirokida yanada kengroq urush xavfi haqida bir necha bor ogohlantirgan hamda Rossiya AQSH boshchiligidagi NATO ittifoqi bilan ziddiyatni istamasligini aytgan.
“Amerikaliklar Uchinchi jahon urushi haqidagi suhbatlarni, Xudo ko‘rsatmasin, agar bu sodir bo‘lsa, faqat Yevropaga ta’sir qiladi deb o‘ylashadi”, deydi Lavrov.
TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya o‘zining yadroviy doktrinasini aniqlashtirmoqda. Rossiyaning 2020 yilgi yadroviy doktrinasi uning Prezidenti qachon yadroviy quroldan foydalanishni ko‘rib chiqishini belgilaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi G‘arb davlatlaridan borgan jurnalistlarning Kursk viloyatiga noqonuniy kirishi bilan bog‘liq har bir holat alohida ko‘rib chiqilishi va bu barcha mamlakatlar jurnalistlariga tegishli ekani haqida ogohlantirgandi.
Zebo Turobjonova