Rossiya AQSHni Eron bilan hamkorligiga “burnini tiqmaslikka” chaqirdi

Olam

image

Moskva Qo‘shma Shtatlarni Rossiya Federatsiyasi va Eron o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikka "burnini tiqishtirmaslikka" chaqirdi. Rossiya-Eronning bunday o‘zaro hamkorligi hech qanday xalqaro majburiyatlarni buzmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.

Ryabkovga ko‘ra, mamlakatlarning hamkorligi vaqt sinovidan o‘tgan, unda xalqaro majburiyatlar nuqtai nazaridan biror narsani buzadigan yoki kimningdir xavfsizligiga yoki mintaqaviy muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan elementlar mavjud emas.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya yva Eron o‘rtasidagi hamkorlik siyosat, iqtisodiyot va transport sohalarida juda uzoqqa cho‘zilgan.

“Harbiy-texnikaviy hamkorlik ham bor, ammo bu AQSHning ishi emas, ular o‘zlarining muammolari bilan shug‘ullanishlari kerak”, deydi Ryabkov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Rossiyaga raketa yetkazib bergani haqidagi xabarlar ortidan bir qator G‘arb mamlakatlari Tehronga yangi sanksiyalar qo‘llashini bildirgan. Shundan so‘ng Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya va Germaniyaning Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan edi. Kecha, 13 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida AQSHning BMTdagi elchisi Robert Vud aynan Eron raketalarini Rossiyaga yetkazib berishi vaziyatning keskinlashuviga olib kelayotgani shubhasiz haqiqat ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing