Google Rossiyaga rekord darajada jarima to‘laydi – Peskov
Olam
−
31 Oktabr
8517Google Rossiya telekanallarini efirga uzatmaganligi uchun 2 undetsillion (36 nolga teng birlik) rubl miqdoridagi jarima to‘laydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.
Peskov Rossiya telekanallarining YouTube’dagi akkauntlari bloklanganligi sababli Google kompaniyasi 2 undetsillion (36 nolga teng birlik) rubl miqdoridagi jarima to‘lashi kerakligini aytib o‘tdi.
“Bu aniq ifodalangan miqdor bo‘lsa-da, men bu raqamni talaffuz qila olmayman, aksincha, u ramziy ma’noga ega”, dedi Kreml vakili.
Xabarga ko‘ra, Rossiya tomoni Google’dan “Zvezda”, “Perviy kanal”, VGTRK, “Parlamentskoye televideniye”, “Moskva Media”, TV Sentr, NTV, “GPM Razvlekatelnoye televideniye”, “Obestvennoye televideniye Rossii”, 360, TRK Peterburg, “Fond pravoslavnogo televideniya”, “Natsionalniy sportivniy telekanal”, “TK Sentr”, shuningdek, RT telekanalining bosh muharriri Margarita Simonyanning YouTube kanallaridan cheklovlarni olib tashlashni talab qilmoqda.
“Ushbu talablar, shunchaki bizning kanallarimizning Google’ga bo‘lgan da’volarini namoyish etadi. Google bizning teleradiokompaniyalarimizning harakatlarini cheklamasligi kerak, lekin u shunday qilmoqda. Bu ehtimol, Google rahbariyati uchun bunga e’tibor berish va vaziyatni to‘g‘rilashga sabab bo‘lishi kerak. Bu kompaniya qila oladigan eng yaxshi narsa”, dedi u.
Advokatlarning fikriga ko‘ra, jarima miqdori har kuni kechiktirilgan to‘lovlar tufayli ikki barobarga oshiriladi. Ekspertlar tez orada kompaniyaning qarzlari o‘z qiymatidan oshib ketishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni AQSH Adliya vazirligi Alphabet – Google kompaniyasining egasidan sud orqali kompaniyaning ayrim qismlarini, masalan, Chrome brauzeri va Abdroid operatsion tizimini sotishni talab qilishi mumkinligini ma’lum qilingandi. Avgust oyida AQSH sudi AQSH internet qidiruvlarining 90 foizi bilan shug‘ullanadigan Google noqonuniy monopoliya yaratish va dunyoning standart qidiruv tizimiga aylanish uchun milliardlab dollar sarflab, monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganini aniqlagan.
Muhammad Hodiyev