Rossiya va Eron yangilangan hamkorlik bitimini imzolaydi
Olam
−
31 Oktabr
2540Rossiya va Eron o‘rtasida yaqin kelajakda yangilangan hamkorlik shartnomasi imzolanadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 31 oktyabr kuni Yevroosiyo xavfsizligi bo‘yicha Minsk xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.
Vazir imzolanishi kutilayotgan keng qamrovli bitimda mudofaa masalalariga alohida e’tibor berilishini aytdi. Shuningdek, Lavrov davlatlar o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma Rossiya-Eron munosabatlarini mustahkamlashda jiddiy omil bo‘lishini ta’kidladi.
“Rossiya-Eron munosabatlarini mustahkamlashda Rossiya va Eron o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma jiddiy omil bo‘ladi. Shartnoma yaqin kelajakda imzolashga tayyorlanmoqda. U yerda tomonlarning mintaqaviy va global darajada tinchlik va xavfsizlik manfaatlari uchun mudofaa va o‘zaro hamkorlik sohasida yanada yaqinroq hamkorlik qilish tasdiqlanadi”, degan u.
Ma’lumot uchun, 23 iyul kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Andrey Rudenko Rossiya Eron bilan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma matnini muvofiqlashtirishni yakunlaganini aytgandi. Hujjat matni Rossiya va Eron TIVning Moskvadagi huquqiy va hududiy bo‘linmalari ekspertlarining “samarali maslahatlashuvlari” davomida yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva Qo‘shma Shtatlarni Rossiya va Eron o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikka "burnini tiqishtirmaslikka" chaqirgandi. Unga ko‘ra, Rossiya va Eron o‘rtasidagi hamkorlik iqtisodiyot va transport sohalarida juda uzoqqa cho‘zilgan va bunday o‘zaro hamkorligi hech qanday xalqaro majburiyatlarni buzmaydi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi