Rossiya AQSHdan hech qanday xabar olmadi – Zaxarova

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSHdan Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha “ba’zi kelishuvlar” haqida rasmiy ma’lumot olmagan. Bu haqda vazirlik vakili Mariya Zaxarova TASS agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Zaxarova xorijiy OAVlarning Ukraina bo‘yicha yangi kelishuvlar haqidagi xabarlari uchun pul to‘lanishi mumkinligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, bunday nashrlar mualliflari o‘z ma’lumotlarini qayerdan olishlarini ko‘rsatishlari kerak.

“AQSHda tegishli masalalarni hal qilish, ularni muhokama qilish va muzokaralar jarayonlari uchun ma’lum rasmiy kanallar mavjud. Bu kanallardan foydalanish kerak”, degan vazirlik voizi.

Avvalroq “Politico” nashri Oq uyning yuqori lavozimli amaldoriga tayanib, Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuv shu haftaning o‘zidayoq barcha tomonlar tomonidan hal qilib olinishi mumkinligini xabar qilgan edi. “Axios” nashri ham Amerika va Rossiya rasmiylariga tayanib, Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha yangi reja ishlab chiqilgani haqida xabar bergan edi. “Politico” manbasi AQSH rasmiylari hozirda front chizig‘idagi vaziyat va mamlakatdagi korrupsiya mojarosi tufayli bosim ostida bo‘lgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning roziligiga umid qilayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Tramp ma’muriyati rossiyaliklar bilan maslahatlashgan holda, Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha yangi maxfiy reja ustida ishlayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina AQShdan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing