Rossiya agar o‘yinbuzuqilik qilmasa, Ukraina donning ketini uzmaydi – Kuleba

Olam

image

Rossiya “don yo‘lagi”ni bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarsa, Ukraina Yaqin Sharq, Afrika va Osiyoga oziq-ovqat eksporti barqarorligini kafolatlashda davom etadi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma’lum qildi. 

“Turkiya portiga Ukraina doni bilan birinchi kemaning kelishi Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodagi har bir oila uchun umid belgisidir: Ukraina sizni tark etmaydi. Biz doimo qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishonchli yetkazib beruvchi bo‘lganmiz, bo‘lyapmiz va bo‘lib qolamiz. Rossiyadan farqli o‘laroq, biz “ochlik o‘yinlari” o‘ynamaymiz”, deydi Ukraina diplomatiyasi rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “don yo‘lagi”ning keyingi faoliyati uchun to‘liq javobgarlik Rossiya zimmasida.

“Agar u o‘z majburiyatlarini bajarsa, Ukraina oziq-ovqat eksporti bizning Yaqin Sharq, Afrika va Osiyolik do‘stlarimiz uchun barqarorlikni kafolatlashda davom etadi”, deb ishontirgan Tashqi ishlar vaziri.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya, Ukraina, Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorlikda o‘rnatilgan “don yo‘lagi” koridoridan Ukraina portlari orqali bir hafta davomida 10 ta kemada 305 ming 458 tonna don tashildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Ukraina Qurolli Kuchlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi Istanbulda shartnoma tuzilganiga 24 soat to‘lmasdan, 23 iyul kuni ertalab Rossiya harbiylari Odessa dengiz savdo portiga “Kalibr” raketalari bilan hujum uyushtirgani haqida xabar berdi.

Ukraina TIV  hujumga munosabat bildirib, Rossiya raketasi Vladimir Putinning BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning yuziga tupurish, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing