Rossiya 11 avgustdan xalqaro aviaqatnovni butunlay tiklamoqchi
Olam
−
01 avgust 2020
12741Rossiya 11 avgustdan barcha davlatlar bilan xalqaro parvozlarni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqyapti. Ammo hozircha yakuiy qaror qabul qilinmagan. Bu haqda TASS xabar berdi.
Boshqa bir manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari tatyana Golikova rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda barcha davlatlar bilan xalqaro aviaqatnovlarni tiklash masalasi ko‘rilgan.
Bugundan Rossiya uchta dalvat – Buyuk Britaniya, Turkiya va tanzaniya bilan aviaqatnovlarni tikladi. Shuningdek, Abxaziya bilan ham chegara ochiq. Hozirda yana qator davlatlar bilan avialoqani tiklash rejalashtirilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 27 mart kuni xorijiy davlatlar bilan aviaaloqani to‘xtatgandi. Bunga koronavirus infeksiyasi tarqalishining tezlashishi va qurbonlar sonining ortishi sabab bo‘lgandi.
LiveBarchasi