Rossiya harbiysi hamkasbi va 3 nafar tinch aholini otib o‘ldirdi

Olam

image

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolida rossiyalik harbiy hamkasblariga qarata o‘q uzishi oqibatida bir harbiy halok bo‘ldi, yana biri yaralandi. Keyin u tinch aholiga ham o‘q uzib, uch kishini o‘ldirdi. Bu haqda Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev ma’lum qildi.

Razvojayevning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida yana 3 kishi jarohatlangan. Hujumchi esa qo‘lga olingan. Hozircha hujumning sababi ma’lum emas.

“Hodisaning barcha holatlari va sabablari aniqlanmoqda”, degan Razvojayev aholini xotirjam bo‘lishga va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirib.

Ma’lumot o‘rnida, Qrim Rossiya tomonidan 2014 yilda Ukrainadan tortib olinib, anneksiya qilingan Qora dengizdagi strategik ahamiyatga ega va kuchli harbiylashtirilgan yarimorol hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning kamida 24 hududidagi 70 dan ortiq ta’lim muassasasida talabalarni Ukrainadagi urushga jalb qilish ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing