“Roskosmos” direktori o‘rinbosari hibsga olindi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi “Roskosmos” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Oleg Frolov va uning ikki sherigini o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda aybladi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ishda Frolovdan tashqari, ism-shariflari oshkor etilmagan yakka tartibdagi tadbirkor va tijorat tashkiloti xodimi ham ishtirok etmoqda. Ular hozir hibsga olingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Frolov o‘z mansab mavqeidan foydalanib, yana ikki ayblanuvchi bilan jinoiy til biriktirgan. Shundan so‘ng asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzib, kamida 435 million rubllik byudjet mablag‘larini o‘g‘irlagan.

“Roskosmos” Oleg Frolov hibsga olinganini tasdiqlagan.

"Jinoyat ishi bo‘yicha ayblovlar va tergov harakatlariga oid tafsilotlar Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining yurisdiksiyasida", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Roskosmos Oleg Frolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing