Ronalduning “Yuventus”dan ketish niyati yo‘q 

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning yaqin orada "Yuventus"dan ketish niyati yo‘q. Bu haqda "AS" xabar bergan. 

OAV Italiya klubi 35 yoshli Ronaldu bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortishi va braziliyalik hujumchi Neymar bilan shartnoma imzolashga urinishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi. 

Biroq, portugaliyalik futbolchining o‘zi klub niyatidan xabardor emas. 

Uning Italiyada bo‘lishi futbolchi uchun qulay, u hozirgi jamoasida o‘ynashni yaxshi ko‘radi va uning oilasi Turinda yaxshi yashamoqda. 

Shu sababli Ronaldu shartnomasining oxiriga qadar "Yuventus"da qolmoqchi. 

Ma’lumot uchun, futbolchining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Ronaldu 2018 yilda Madridning "Real" klubidan "Yuventus"ga o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing