Ronalduning onasi 4 farzandi bor o‘g‘lining uylanishini istamayapti

Sport

image
0:00
0:00
download

Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o‘g‘lining Jorjina Rodrigesga uylanishiga qarshilik qilmoqda. Bu haqda “Quatro” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Doloresh Aveyru o‘g‘lining Rodrigesga uylanishini istamaydi. Uning fikricha, ispaniyalik modelni Ronalduning boyligi qiziqtiradi, xolos. “Manchester Yunayted” futbolchisining portugaliyalik do‘sti ham nikohga Doloresh Aveyru qarshilik qilishini aytgan.

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges ilk bor 2017 yil Madridda tanishgan. Ular hozirda Manchesterda istiqomat qiladi va Krishtianu Junior, Alana, Eva va Mateo ismli farzandlarini tarbiyalashmoqda. Doloresh Aveyru ham ko‘pincha ular bilan birga bo‘ladi.

Ronalduning akasi (Ugo) va ikki nafar opasi (Katya va Elma) Portugaliyada yashaydi. Doloresh o‘g‘lining  yildan-yilga ulardan ajralib, sevgilisi va o‘z farzandlarigagina e’tibor qaratayotganidan havotirda.

Bundan tashqari, Jorjina Rodrigesga o‘zi ishtirokidagi hujjatli film namoyishidan avval, Krishtianu bilan nigoh marosimini qachon o‘tkazishi to‘g‘risida savol berilgan. Model esa bu masala haqida aniq bilmasligini, barchasi futbolchining istagiga bog‘liq ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Krishtianu va Jorjinaning bir necha yil avval Marokashda yashirin nigohdan o‘tgani haqida xabarlar ham tarqalgan edi. 

Avvalroq, Doloresh Aveyru ko‘zi ochiqligida o‘g‘lining “Sporting”ga qaytishini, agar u buni istamasa nabirasi Krishtianu Juniorni lissabonliklar tarkibida ko‘rmoqchi ekani haqida aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Ronaldu Jorjina Rodriges Doloresh Aveyru

Baholaganlar

1284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing