O‘limimdan avval o‘g‘lim “Sporting”ga qaytishini istayman – Ronalduning onasi

Sport

image

Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru ko‘zi ochiqligida o‘g‘lini “Sporting”ga qaytishini xohlayotganini ta’kidladi.

“Ronaldu bu yerga qaytishi kerak. Agar hammasi mening ixtiyorimda bo‘lganida, u allaqachon shu yerda bo‘lardi. Men unga o‘limimdan oldin “Sporting”ga qaytishini ko‘rmoqchi ekanimni aytdim”, deydi Doloresh.

Shuningdek, Aveyru o‘g‘li jamoaga qaytmagan taqdirda nabirasi lissabonliklar tarkibiga o‘tishini so‘ragan:

“Agar u qatmasa, o‘rniga kichik Krishtianu “Sporting”ga o‘tsin. Hozirgi yoshida u otasining yoshlik paytidagidan ko‘ra, yaxshiroq o‘ynayapti”. 

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu professional faoliyatini “Sporting”da boshlagan va klub safida 30 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Forbes” jurnali talqiniga ko‘ra, 2021 yilning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing