Ronaldu diskvalifikatsiyadan keyin terma jamoaga qaytişi mumkin

Sport

−

image

“Al-Nasr” hujumçisi Kriştianu Ronaldu joriy yilning noyabr oyida Portugaliya terma jamoasining Millatlar ligasi doirasidagi uçraşuvlarida iştirok etişi mumkin. Bu haqda “O Jogo” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, 41 yoşli hujumçi terma jamoaning dastlabki tarkibiga kiritilgan. Ronalduning jamoadoşlari Samu Koşta va Joau Feliks ham Portugaliya terma jamoasining Millatlar ligasi uçun kengaytirilgan qaydnomasidan joy olgan.

Avvalroq, portugaliyalik futbolçi intizomiy çoralar sababli joriy yilning 19 oktyabr kuni Portugaliya futbol federatsiyasi uni 30 kunga diskvalifikatsiya qilib, 255 yevro jarimaga tortgan edi.

Bunga qadar Ronaldu Daniyaga qarşi uçraşuv oldidan terma jamoa yiğinini tark etgani va Norvegiyaga qarşi öyinda maydonga tuşmagani sababli terma jamoa boş murabbiyiga bir qator talablar qöygani haqida xabarlar tarqalgandi.

Portugaliya terma jamoasi noyabr oyida Millatlar ligasi doirasida ikkita uçraşuv ötkazadi. Jamoa joriy yilning 14 noyabr kuni Daniya, 17 noyabr kuni esa Uels bilan bahs olib boradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kriştianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining navbatdagi yiğinida iştirok etmaslikni afzal körayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing