Ronalduning mehmonxonasi boshpanaga aylantirilgani rad etildi
Sport
−
11 Sentabr 2023
5935Avvalroq Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Pestana CR7“ to‘rt yulduzli mehmonxonasini Marokashdagi zilziladan jabr ko‘rganlar uchun boshpanaga aylantirgani xabar berilgan edi. Biroq mehmonxona rahbariyati bu xabarlarni rad etdi.
“Bu yolg‘on ma’lumot. Hozirda bizda dam olayotgan mijozlarning barchasi odatiy rejimda joy band qilgan”, degan “Pestana CR7“ mehmonxona xodimi.
Eslatib o‘tamiz,avvalroq Marokash va PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi terma jamoadagi futbolchilar bilan birgalikda Marokashdagi fojiali zilziladan keyin jarohatlanganlarga yordam berish uchun donor sifatida qon topshirgani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 6,8 magnitudali zilzila kamida 2 ming 122 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 2 ming 421 kishi jarohat olgan.
Marokashda sodir bo‘lgan fojiali zilziladan so‘ng jahon hamjamiyati, shu jumladan, futbol olamining yetakchilari ham ushbu ofatdan jabr ko‘rgan aholiga yordam berish uchun harakat qilmoqda. PSJ o‘yinchilari ham qon topshirish orqali bunga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
LiveBarchasi