Ronaldu zilziladan jabr ko‘rganlarga mehmonxonasidan joy berdi

Olam

image

Taniqli futbolchi Krishtianu Ronaldu "Pestana CR7" to‘rt yulduzli mehmonxonasini Marokashdagi zilziladan jabr ko‘rganlarga boshpana uchun berdi. Bu haqda “Sports Brief” nashri xabar berdi. 

Mashhur Portugaliya va "Al-Nasr" futbolchisi Yevropa va Yaqin Sharqni qamrab olgan mehmonxonalar tarmog‘iga ega. U xalqaro yordam sa’y-harakatlariga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida zilziladan zarar ko‘rganlarga ushbu mehmonxonalarining birini vaqtincha turar joy sifatida taqdim etdi. 

Qayd etilishicha, "Pestana CR7" mehmonxonasi joylashgan hududda boshqa hashamatli mehmonxonalar ham bor. Biroq portugaliyalik futbolchining mulki bunday yordamni taklif qilgan yagona mehmonxona bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi xabarlarga ko‘ra, 6,8 magnitudali zilzila kamida 2 ming 122 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 2 ming 421 kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu zilzila mehmonxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing