Ronalduning internetdagi obunachilari soni 1 milliardga yetdi

Sport

image

“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 1 milliardga yetdi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

U tarixda birinchi bo‘lib mazkur natijaga erishgan shaxsga aylandi.

“Biz tarix yaratdik – 1 milliard obunachi! Bu shunchaki raqam emas – bu bizning umumiy ishtiyoqimiz, harakat hamda o‘yinga va undan tashqarida bo‘lib o‘tgan voqeliklarga muhabbatimizdan dalolat beradi. Madeyra ko‘chalaridan tortib, dunyodagi eng katta sahnalargacha men har doim oilam va siz uchun o‘ynaganman va hozir biz 1 milliardga yetdik. Menga ishonganingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz va hayotimning bir qismi bo‘lganingiz uchun tashakkur. Eng yaxshisi hali oldinda, biz birgalikda g‘alaba qozonamiz va tarix yozamiz”, deydi Ronaldu.

Qayd etish joiz, avgust oyida 39 yoshli futbolchi YouTube'da o‘z sahifasini ochganini e’lon qildi. Ronalduning mazkur platformadagi obunachilar soni rekord darajada ko‘paydi. Hozirgi vaqtda Krishtianuning Youtube'dagi obunachilari soni 60 milliondan oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing