Ronalduning goli “Al-Nasr”ga ketma-ket to‘rtinchi g‘alabani keltirdi

Sport

image

Kecha, 28 avgust kuni Saudiya Arabistoni chempionati 4-turidan o‘rin olgan bahsda “Al-Nasr” o‘z maydonida “Al-Taavun”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv hal qiluvchi g‘alaba goliga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.

Ar-Riyoddagi “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda dastlab mehmonlar 11-daqiqada hisobni ochdi. Saudiyalik himoyachi Basam Al-Xurayji aniq zarbasi bilan “Al-Taavun”ni oldinga olib chiqdi.

“Al-Nasr” birinchi bo‘lim yakuniga kelib hisobni tenglashtirdi. 45+5-daqiqada portugaliyalik yarim himoyachi Simo Koshta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Krishtianu Ronaldu mezbonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi. Portugaliyalik hujumchi 50-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirdi.

Bu 41 yoshli Ronalduning joriy mavsumdagi ikkinchi goli bo‘ldi. “Al-Nasr” sardori professional faoliyati davomida urgan gollari sonini esa 978 taga yetkazdi.

Shu tariqa, “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatidagi dastlabki to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Ar-Riyod klubi 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

“Al-Taavun” esa to‘rt turdan so‘ng 2 ochko jamg‘argan va 15-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing