Ronalduni kashf etgan murabbiy vafot etdi
Sport
−
10 aprel
15343Kecha, 9 aprel kuni Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning futbol ommasiga tanilishiga sabab bo‘lgan skaut va murabbiy Aurelio Pereyra 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The Portugal News” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Aurelio og‘ir xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Aurelioning eng mashhur shogirdlaridan biri Krishtianu Ronaldu murabbiyning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
“Futbol olamining buyuk timsollaridan biri oramizni tark etdi, ammo uning merosi abadiy yashaydi. U men va yana ko‘plab futbolchilar uchun qilgan barcha ezgu ishlariga doimo minnatdor bo‘lib yashayman. Barchasi uchun tashakkur, janob Aurelio”, deydi Ronaldu.
Ma’lumot o‘rnida, agar Aurelio Ronalduni “Madeyra”dan “Sporting”ga taklif qilmaganida, futbol olamining eng yorqin vakili bu darajaga yeta olmasdi. Shuningdek, Aurelio Rikardu Kuarejma, Nani, Luish Figu kabi portugaliyalik futbol yulduzlarini ommaga tanitgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar


