Ronaldudan so‘ng “Yuventus” Dibalaning jamoasi bo‘ladi – Kellini

Sport

image

“Yuventus” himoyachisi Jorjo Kellini hujumchi Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga o‘tgani haqida fikrlarini bildirdi.

“Krishtianu kabi jahon darajasidagi futbolchi siz uchun o‘ynaganida, jamoa uning uchun ishlashi kerak. Biz Ronaldudan “Yuve”da o‘tgan yillar davomida qilgan barcha ishlari uchun minnatdor bo‘lishimiz kerak. Ammo, endi oldinga qadam tashlashimiz zarur. “Yuventus” Dibalaning jamoasi bo‘ladi. Ronaldu borligi tufayli uning ko‘rsatkichlari pasayib ketdi, lekin u jamoamizning asosiy o‘yinchisidir va bu hammaga tushunarli”, deydi Kellini.

Eslatib o‘tamiz, “Keksa sinora” Ronaldu MYUga o‘tganidan so‘ng, Italiya A seriyasida o‘tkazilgan ikkita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi va ayni vaqtda turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 3 turdan so‘ng, 1 ochkoga ega.

Ma’lumot uchun, Kellini 2005 yildan beri “zebralar” safida 537 o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol urgan va 24 golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Dibala K'ellini

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing