Ronaldu jahon rekordini takrorladi

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urish bo‘yicha jahon rekordini takrorladi. Bu haqda “Squawka” tomonidan xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, Italiya chempionatining 17-tur uchrashuvida “Sassuolo” darvozasiga urilgan gol 35 yoshli portugaliyalik uchun 759-gol bo‘lgan. 

Ushbu ko‘rsatkich bilan “Oltin to‘p” mukofotining besh karra sohibi Avstriya va Chexoslovakiyaning sobiq hujumchisi Yozef Bitsanga yetib olgan. Uning ham hisobida 759 ta gol mavjud. 

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasidagi uch karra jahon chempioni Pelening hisobida 757 ta gol bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik forvard gollar soni bo‘yicha futbol afsonasi Peledan o‘zib ketgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu

Baholaganlar

1131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing