Ronaldu zaxiraga olingani uchun Rangnikdan norozi bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Peremer ligasi 17-turidan o‘rin olgan “Brentford”ga qarshi uchrashuvning 70-daqiqasidayoq zaxiraga olinganini “hazm qila olmadi”. 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan bahsda futbolchi o‘z o‘rnini himoyachi Garri Maguayrga bo‘shatib berdi.

Gap shundaki, jamoa bosh murabbiyi Ralf Rangnik uni almashtirishga qaror qilganidan so‘ng, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi norozilik bilan tribunaga chiqdi va zaxira o‘rindig‘iga emas, balki yaqin atrofdagi zinapoyaga o‘tirdi. Krishtianuga sport kiyimi berilganida esa uni oyog‘i ostiga tashladi.

Rangnik Ronalduni shaxsan ishontirishi kerak edi va u Krishtianuning oldiga borib, vaziyatni tushuntirdi. Shundan so‘ng futbolchi biroz xotirjam bo‘ldi. 

Bundan avval, Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkinligini aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli futbolchi joriy mavsumda «Manchester Yunayted» safida barcha turnirlar doirasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

MYu Ronaldu Rangnik ApL

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing