Ronaldu “Yuventus”ni tark etishi mumkin

Sport

image
0:00
0:00
download

Turinning “Yuventus” klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu ushbu transferlar oynasida o‘z jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist-insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Uning yozishicha, kecha, 3 iyun kuni bosh murabbiy Massimiliano Allegri hamda “Yuventus” sport direktori o‘zaro suhbat uyushtirgan. Ular yakunda Ronalduga yaxshi taklif bo‘ladigan taqdirda futbolchini sotib yuborishga kelishib olgan.

Allegrining ta’kidlashicha, Ronaldu uning o‘yin sxemasiga mos tushmaydigan yagona futbolchi, shu sabab mutaxassis uni o‘z rejalariga kiritmagan. 

Turinliklar Ronaldu transferidan kelib tushgan pulga Pol Pogba yoki Mauro Ikardidan birini sotib olishni reja qilgan. PSJ klubi esa agarda Mbappe jamoani tark etadigan bo‘lsa, Krishtianuni jamoaga olib kelmoqchi. Yevro-2020 yakunida barchasi oydinlashadi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yuventus

Baholaganlar

820

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing