Ronaldu “Yuventus”ni sudga beradi
Sport
−
16 Sentabr 2023
7995Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus” klubini sudga berishga qaror qildi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi “Yuventus” tomonidan COVID-19 davrida to‘lanmay qolgan maoshini sud orqali undirib olmoqchi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning 19,9 million yevro miqdoridagi puli turinliklarda qolib ketgan.
Gap shundaki, 2019 yildagi pandemiya davrida “Yuventus” portugaliyalik hujumchi bilan yashirin kelishuvga erishgan, bu esa Turin klubiga koronavirus davrida maosh to‘lashni kechiktirish imkonini bergandi. Ammo klub kelishuv doirasida forvardga va’da qilingan 19,9 mln yevroni hali ham o‘tkazmagan. Mazkur shartnomada agar Krishtianu jamoadan ketgan taqdirda ham belgilangan pul to‘liq to‘lab berilishi ko‘rsatilgan.
Shu bois Ronaldu Turin prokuraturasidan tegishli hujjatlar so‘rab, sudga murojaat qilishga qaror qildi.
Aytish joiz, avvalroq Paulo Dibala “Yuventus” bilan pul borasidagi munosabatlarni suddan tashqarida hal qilib olgan, klub 3 million yevro qarzini to‘lashga rozi bo‘lgan edi.
LiveBarchasi