Ronaldu “Yunayted” rahbariyati bilan gaplashib olmoqchi

Sport

image

Bugun, 26 iyul kuni Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu Manchester shahriga qaytadi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hujumchi “Manchester Yunayted” bilan kelajagini muhokama qilish uchun uchib keladi. Shuningdek, Ronaldu yaqin kunlarda bosh murabbiy Erik ten Xag bilan ham suhbatlashishi kutilmoqda.

Qayd etish joizki, portugaliyalik futbolchi oilaviy sabablarga tufayli hali ham “Yunayted” safida mavsumoldi mashg‘ulotlarini boshlamagan. Ronaldu 26 iyul kuni “qizil iblislar”ning mashg‘ulotlariga qo‘shiladimi yoki yo‘q hozircha noma’lum,

Ta’kidlanishicha, Ronaldu taklif tushsa, Manchester klubini tark etadi. Sababi hujumchi faoliyatining oxirgi yillarini Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynab o‘tkazishni istaydi. “Manchester Yunayted” rahbariyati esa 37 yoshli futbolchining shartnoma oxirigacha jamoada qolishini kutmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi bitim yana bir mavsumga amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing