Ronaldu va “Al-Nasr” OCHLdagi yurishini to‘xtatdi
Sport
−
12 mart
7596Kecha, 11 mart kuni Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) 1/4 finalining javob uchrashuvida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” hamda BAAning “Al-Ayn” klublari to‘qnash keldi. Ar-Riyoddagi “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs dramatik ko‘rinish oldi.
45-daqiqaga kelib Saudiya klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 3 ta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘layotgandi, biroq o‘yin yakuniga qadar Ronaldu jamoadoshlari 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ekstra bo‘limlarda jamoalar bittadan to‘p kiritdi. “Al-Nasr” 118-daqiqada Ronalduning 11 metrlik nuqtadan kiritgan goli evaziga penaltilar seriyasigacha yetib bordi.
Futbol lotoreyalarida esa amirlik klubi “Al-Nasr”ni mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
E’tiborlisi, penaltilar seriyasida “Al-Ayn” darvozasiga 11 metr masofadan gol urgan yagona futbolchi Ronaldu bo‘ldi. Shuningdek, Krishtianu mazkur o‘yinda klub karerasidagi 750-golini kiritdi.