Ronaldu “Al-Nasr”ga yangi direktor olib kelishni so‘radi

Sport

image

“Al-Nasr” klubi “Real Madrid” sobiq futbolchisi Fernando Yerroni jamoaga olib kelmoqchi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis “Al-Nasr” klubi sport direktori bo‘lishi mumkin. Fernandoga taklif tashabbuskori jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 39 yoshli portugaliyalikning fikricha Yerro “Al-Nasr”ga yetishmayotgan chempionlikni olib berishni uddalaydi. Hozirda Yerro Meksikaning “Gvadalaxara¨ klubida sport direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni chempionatining 27-turidan so‘ng “Al-Nasr” 62 ochko jamg‘argan holda peshqadam “Al-Hilol”dan 12 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda. Ronaldu esa 25 ta o‘yinda 29 ta gol urib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Real Madrid Al-Nasr Fernando Yerro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing