Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchilari safidan joy olmaganiga kulib qo‘ydi

Sport

image

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2023 yilning eng yaxshi 10 nafar futbolchisini aniqladi. Portugaliyaning “A Bola” nashri ham o‘z sahifalarida IFFHS reytingini e’lon qildi. 

“Al-Nasr” futbolchisi Krishtianu Ronaldu ham reyting e’lon qilingan postning kommentariya bo‘limiga o‘z reaksiyasini qoldirdi. E’tiborlisi, "o‘zga sayyoralik" IFFHS reytingiga kulib, munosabat bildirgan.

Ta’kidlash joiz, Ronaldu joriy yilni 53 ta goli bilan eng yaxshi to‘purar sifatida yakunlamoqda.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi 208 ochko jamg‘argan Erling Xoland bo‘ldi, 105 ochko bilan Kilian Mbappe ikkinchi, 85 ochkoga ega Lionel Messi esa 3-o‘rinda qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing