Ronaldu yo‘nalishni o‘zgartirdi. U “Man Yunayted”ga qaytmoqchi
Sport
−
27 Avgust 2021 4728 1 daqiqa
Bugun, 27 avgust kuni “Yuventus” bilan xayrlashgan Krishtianu Ronaldu “Manchester Siti”ga o‘tmaydigan bo‘ldi.
“Shaharliklar” 36 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralardan voz kechishgan va jamoa rahbariyati ushbu qarorni Ronalduning agenti Jorje Mendeshga ham ma’lum qilgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ingliz klubi “Yuventus”ga rasmiy transfer taklifini bermagan, shaxsiy shartnoma shartlari ham kelishilmagan.
Biroq Ronalduning “Yuventus”ni tark etgani haqiqat va u “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolashi mumkin. Aytilishicha, “qizil iblislar” turinliklar so‘ragan 30 million yevroni to‘lashga tayyor ekanini bildirgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr