Ronaldu Yevro-2028 da ishtirok etmoqchi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu hozirda 41 yoshdagi bo‘lishiga qaramay, Yevro-2028 musobaqasida ishtirok etmoqchi. Bu haqda portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza ma’lum qildi.

“Afsuski, Ronaldu Yevro-2028 ga boradi. Yangi bosh murabbiy Jorje Jezush u bilan “Al-Nasr”da birga ishlagan. Menimcha, u Ronalduni terma jamoaga chaqirishi mumkin. Ammo u asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasligi ham ehtimol”, deydi Barboza.

Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniyaga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu mazkur uchrashuv oldidan bu Jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qilgandi. Shu tariqa, afsonaviy hujumchi faoliyati davomida Jahon chempionligini qo‘lga kirita olmadi.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasini 2006 yilda qayd etgan bo‘lib, o‘shanda jamoa to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing